Ijod qilishga yoshligidan ishtiyoqi baland bo'lgan. San'at sohasida ishlab ijod qilishni boshlashdan oldin, bir nechta joylarda ishlagan. Xususan,gaz quyish shaxobchasida "pistoletchi" lavozimida, OOO "UZAUTO MOTORS" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli oyna zavodida oyna ishlab chiqarish bilan shug'ullangan. Lekin yosh Elmurodni san'atga bo'lgan kuchli qiziqishi va xohishi uni san'atga olib kirib ketmay qolmadi.
Elmurod Haqnazarov dastlab "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik tanlovlida "Farpinator" jamoasida chiqishlar qilgan. Bundan tashqari Farg'ona viloyatida "RUXSOR" teleradiokanalida "Aka-Ukalar" ko'rsatuvida boshlovchilik ham qilgan. Ustozi Otabek Muhammadzohidga shogirt tushganidan keyin Otabek Muhammadzohid ansambli bilan to'ylarda qiziqchilik va boshlovchilik qila boshlaydi.
Keyinchalik Elmurodga qiziqchilik jamoalaridan takliflar tusha boshlaydi, shu qatorda "Dizayn jamoasi" dan ham taklif bo'lmagan emas. Jamoa a'zolari Elmurodga jamoaga qo'shilish taklifini berishadi va Elmurod o'ylab ko'rib jamoga qo'shilishga rozi bo'ladi. Elmurod 2009-yildan buyon "Dizayn jamoasi" tarkibida bir safda ijod qilib keladi va konsertlarda o'zining noodatiy chiqishlari bilan o'zbek xalqining sevimli qiziqchisi bo'lib bormoqda.
Zamon talabiga qarab Elmurod ham ijtimoiy tarmoqlarni egallamay qolmadi. Oxirgi 5 yil ichida san'at va ijtimoiy tarmoqlarni birdek olib ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda kulguga boy o'ziga xos videoroliklari bilan millionlab muxlislar orttirdi.
So'z isboti bilan deganlaridek, uning shaxsiy YouTube kanalida videoroliklari jami: 120 milliondan ortiq tomosha qilingan, kanalidagi obunachilar soni esa 577 ming dan ortiq, Instagram ijtimoiy tarmog'ida esa - 1 million 300 mingdan ortiq "follower"larga ega va uning videoroliklarining ko'rishlari soni o'rtacha 500-600mingni tashkil etadi, TikTokda ham 500mingga yaqin obunachilari mavjud.